Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Bolakay iPad ni yarim asrga bloklab qo‘ydi

Bolakay iPad ni yarim asrga bloklab qo‘ydi

Jurnalist Evan Osnosning (Evan Osnos) ta’kidlashicha uning Apple iPad plansheti 48 yilga bloklanib qolgan. Twitter da yozishicha erkak qurilmani uch yashar o‘g‘lining oldida qoldirib ketgan.

Osnos maslahat so‘rab obunachilarga murojaat qilgan. Bu uyushtirilganga o‘xshaydi lekin, o‘g‘lim iPad ni ko‘p marotaba blokdan chiqarishga uringandan keyin u shunday holatga tushib qoldi. Biror fikringiz bormi? deb yozadi u. U joylagan fotodagi iPad ekranida 25 536 442 daqiqadan so‘ng qayta urinib ko‘ring degan yozuv turibdi.

Ko‘pchilik uning muammosini yechishga harakat qilgan. Aksariyat operasion sistemani qayta o‘rnatib, ma’lumotlarni rezerv nusxadan tiklashni maslahat bergan. Ba’zilar shoshilmasdan 48 yil kutishni aytishgan. Bir foydalanuvchi agar u shuncha kutsa o‘g‘lining 51 yoshiga zo‘r sovg‘a bo‘lishini yozgan. Shundan beri ijtimoiy tarmoqda Osnos bu mavzuni ko‘tarmadi, eskisini tuzattimi yoki yangi planshet oldimi hech kim bilmaydi.

Kiritildi: 14:18 09.04.2019. O'qildi: 2649 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!