Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Bolaga qanoatli bo‘lishni o‘rgating!

A A A
Bolaga qanoatli bo‘lishni o‘rgating!

Qanoat – insoniy fazilatlarning eng oliysidir. Bunday xislatga ega bo‘lgan kishi baxillik, hasad, ko‘ra olmaslik kabi illatlardan xoli bo‘ladi. Dunyoda xotirjam hayot kechiradi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hadislarining birida: “Haqiqiy boylik mol-mulkning ko‘pligida emas, balki haqiqiy boylik nafsning to‘qligidadir”, deganlar.

Darhaqiqat, qanoatli kishi taqdiriga yozilgan rizqiga rozi bo‘lib, har qancha harakat qilganda ham faqat Alloh belgilab qo‘ygan rizqqagina ega bo‘lishi mumkinligini anglab yetgan bo‘ladi. Natijada ortiqcha mol-dunyoga hirs qo‘ymay, shukr qilib yashaydi.

Qanoat borasida Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning hayotlari barchamiz uchun katta namunadir. Ma’lumki, U zot alayhissalom o‘zlari va oila ahllari uchun oddiy va kamtarona hayot tarzini ixtiyor etgan edilar. Bu esa to‘kin hayot kechirish imkoniyatlari yo‘qligidan yoki noiloj qolganlaridan emas, balki oddiy, kamtarona kun ko‘rishni afzal bilganlaridandir.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam shunday marhamat qilganlar: “Ehtiyojidan ortmaydigan rizqqa ega bo‘lib, Alloh bergan ana shu rizqqa qanoat qilib yashagan musulmon kishi batahqiq, najot topibdi” (Imom Muslim rivoyati).

Islom shariati mol-dunyoni halol yo‘l bilan topishga va shukrini doimiy tarzda ado etishga buyuradi. Shuning bilan birga musulmonlarni oxiratni deb dunyoni tark qilmaslikka, dunyoni deb oxiratni unutmaslikka chaqiradi.

Dunyo topish uchun harom yo‘llarga kirmasdan, halol yo‘l bilan kifoyalanish, qanoatli bo‘lish darkor.

O‘tgan ulug‘ zotlarning soliha ayollari va qanoatli farzandlari otalari ro‘zg‘or tashvishi bilan ko‘chaga chiqib ketayotganlarida: “Biz har qanday qiyinchilikka, hatto ochlikka ham chidaymiz, ammo do‘zax azobiga bardosh bera olmaymiz. Shuning uchun uyga harom rizq olib kelmang!”  der ekanlar.

Manba: muslim. uz

Kiritildi: 13:51 17.08.2018. O'qildi: 1628 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik