Otilma 26 sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 07:32 da boshlangan va taxminan 10 daqiqa davom etgan. Vulqon otilishi olov ustuni va quyuq qora tutun bilan kuzatilgan.
Ozarbayjonda dunyodagi ma’lum loy vulqonlarining qariyb 700 tasi joylashgan. Ularning 350 ga yaqini faol hisoblanadi.
2021 yil iyul oyida ham Ozarbayjon sohillari yaqinida Kaspiy dengizidagi loy vulqoni otilishi kuchli portlash va yong‘inga sabab bo‘lgan edi.