Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Boks shariatga zid, harommi? Muftiy javob berdi

A A A
Boks  shariatga zid, harommi? Muftiy javob berdi

Tojikiston ulamolari kengashi rahbari, muftiy Saidmukarram Abdulqodirzoda fuqarolardan birining savoliga javob berish asnosida boks va yakkakurash, qoidasiz janglarni shariatga butkul zid, harom ekanini ta’kidladi. Muftiyning aytishicha, bu sport turlari insonni nogiron qilib qo‘yishi, salomatlikni izdan chiqarishi shariat talablariga umuman javob bermasligini, haqiqatan harom ekanini tasdiqlaydi. Muftiy shu o‘rinda pul evaziga tashkil etiladigan barcha sport turlari harom ekanini alohida ta’kidlab o‘tdi.

— Yoshlarimiz sportning standart, salomatlikka ziyon yetkazmaydigan, pul tikilmaydigan turlari bilan shug‘ullanishlari kerak, — dedi muftiy. — Shunda nafaqat jismonan, balki ruhan pok bo‘lishadi.

Aralash yakkakurash, qoidasiz janglarning Tojikiston nomidan vakilasi hisoblanmish Zuhra Xolova bu fikrlarni qat’iyan rad etib, sport turlari orasida harom deyishga arziydigani yo‘q ekanini aytib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda xuddi shu muftiy Rogunsk GES qurilishida ter to‘kayotgan ishchilarning ro‘za tutmasliklari masalasida fatvo e’lon qildi. Bu fatvodan keyin internet saytlarida juda ko‘pchilik Islom dinida bunday fatvo qabul qilinmasligini bayon etishdi.

ca-news. org

Kiritildi: 10:51 03.06.2018. O'qildi: 4613 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik