“Navoiy” chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan yo‘lovchi harakatlarida shubha uyg‘otuvchi holatlar kuzatilgan va bojxona xodimi tomonidan fuqaro “Body scanner” qurilmasi orqali bojxona nazoratidan o‘tkazilgan.
Shaxsiy ko‘rik natijasida fuqaroning oyoq kiyimlari ostiga yashirilgan, og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan hamda yo‘lovchi bojxona deklarasiyasida qayd etilmagan umumiy og‘irligi 338 gramm bo‘lgan quyma oltin parchalari fosh etildi.
Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.