Aliment undiruvi bilan bog‘liq ijro hujjatlari ijrosini ta’minlash borasida, aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab yurgan shaxslarning ish hujjatlari sudlarga o‘tkazilib, ularga nisbatan tegishli choralar ko‘rilmoqda.
Majburiy ijro byurosining Bog‘ot tumani bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan qarzdor A.B. fuqarolik ishlari bo‘yicha Chiroqchi tumanlararo sudining 10.03.2023 yildagi sud buyrug‘iga asosan undiruvchi I.G. foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment pulini to‘lab borishi belgilangan bo‘lsa-da, u belgilangan aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lamasdan kelgan.
Natijada, 01.03.2023 yildan 01.08.2026 yilga qadar alimentdan 49,1 mln so‘m qarzdorligi yig‘ilib qolgan.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdor A.B.dan aliment pullarini undirishni imkoni bo‘lmaganligi sababli, unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47-4-moddasiga asosan Jinoyat ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumani sudiga yuborilgan.
Sudning qarori bilan qarzdor A.B.ga 15 (o‘n besh) sutka ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilib, jazo muqarrarligi ta’minlandi.
Kiritildi: 23:02 29.07.2026.
O'qildi: 701 marta.
Fikrlar soni: 0 ta.