Farg‘ona shahar maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri o‘rinbosari lavozimida ishlagan A.Eminov Farg‘ona viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha mutaxassisi vazifasida ishlagan A.Uzoqov bilan xizmat mavqelaridan foydalanmoqchi bo‘ldi.
Ular G.Mirzayevani Farg‘ona shahridagi 5- maktabgacha ta’lim muassasasiga ishga joylashtirish, ikki nafar farzandlarini ham shu muassasaga tarbiyalanuvchi sifatida qabul qildirishni va’da qilib, evaziga 300 AQSh dollar talab qilgan.
2018 yil 2 aprel kuni shahardagi “Barkamol avlod markazi” binosi yonida A.Uzoqov 300 AQSh dollarni G.Mirzayevadan firibgarlik yo‘li bilan olib, 3 aprel kuni ushbu summani A.Eminovga yetkazgan.
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining viloyat boshqarmasi tomonidan mazkur holat fosh etildi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Marg‘ilon shahar sudi raisi M. Ibragimov raisligida mazkur jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, ularga tegishli jazo tayinlandi.
Manba: uza.uz