Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Bobur Komilov Turkiyada vafot etgan, sabablari ham ma’lum

Bobur Komilov Turkiyada vafot etgan, sabablari ham ma’lum

Avvalroq, taniqli teleboshlovchi Bobur Komilov og‘ir xastalikdan so‘ng, bugun, 12 noyabr kuni vafot etgani haqida xabar bergan edik.

QALAMPIR.UZ manbasi yetkazgan xabarlarga ko‘ra, Bobur Komilov Turkiyaning Istanbul shahrida davolanayotgan bo‘lgan. U ichak saratoni xastaligiga chalingani aytilmoqda.

Turkiyada vafot etgan Bobur Komilovning jasadini olib kelish uchun uning oila a’zolari Istanbulga yo‘l olayotgani xabar qilindi.

Ma’lumot o‘rnida, 1984 yil 23 sentyabr kuni Surxondaryo viloyati Denov tumanida tavallud topgan.
U O‘zbekiston davlat jahon tillarini universitetining Ingliz filologiyasi fakultetini tamomlagan edi. Qolaversa, London City universitetida o‘qigan.
 
Bizgacha yetib kelgan xabarlarga qaraganda, bir yil avval Bobur Komilovning otasi ham vafot etgan.
 
Teleboshlovchi oila qurmagan edi.
 
QALAMPIR.UZ tahririyati a’zolari nomidan Bobur Komilovning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz.

Manba: qalampir.com

Kiritildi: 14:26 12.11.2018. O'qildi: 9598 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!