AQSh Milliy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi (NHTSA) Germaniyaning BMW kompaniyasi AQShdagi 58 713 ta avtomobilini qaytarib olishini e’lon qildi.
Bu haqda xorijiy OAVlar xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qaytarib olishga kondisioner tizimining simlarida aniqlangan shikastlanish sabab bo‘lgan. Ushbu nosozlik qisqa tutashuv xavfini oshirishi mumkin.
NHTSA ma’lumotlariga ko‘ra, qaytarib olish bir nechta modellarni qamrab oladi. Ular orasida "M5 Sportswagon", "M5" va "750e xDrive" modellari ham bor.
Kompaniya vakili OAVga bergan bayonotida avtomobillarni qaytarib olish haqidagi xabarni tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tkazilgan sifat tekshiruvi natijasida mazkur avtomobillarda kabel yo‘nalishini takomillashtirish zarurligi aniqlangan.
Vakilning qo‘shimcha qilishicha, hozirgacha ushbu nosozlik bilan bog‘liq birorta ham baxtsiz hodisa qayd etilmagan.