Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

BMT: Urush boshida Ukrainada 5,5 ming tinch aholi halok bo‘ldi

A A A
BMT: Urush boshida Ukrainada 5,5 ming tinch aholi halok bo‘ldi

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainada urush boshlanganidan beri 5,5 ming tinch aholi halok bo‘lgan.

Halok bo‘lganlar orasida 2125 nafar erkak, 1451 nafar ayol, 147 nafar qiz va 170 nafar o‘g‘il bola, shuningdek, jinsi hali aniqlanmagan 39 nafar bola va 1582 nafar kattalar bor.

Birgina avgust oyining dastlabki ikki haftasida 144 kishi vafot etgan.

BMTning fikricha, shiddatli janglar davom etayotgan joylardan ma’lumot kechroq yetib kelishini inobatga olsak, haqiqiy raqamlar ancha yuqori.

Mariupol shahar kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, janglarda vayron bo‘lgan ushbu shaharda 20 mingga yaqin o‘lik bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 13:12 16.08.2022. O'qildi: 1563 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik