BMT Bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Rozmari DiKarloning aytishicha, Ukraina bo‘yicha kelishmovchiliklarni hal qilishning yagona yo‘li muzokaralardir. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
“Biz so‘nggi voqealarning mavjud muzokaralar tizimiga ta’siridan juda xavotirdamiz. Mavjud xavf-xatarlar va noaniqlik sharoitida muloqot qilish yanada muhimroqdir ”, dedi u BMT Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida Rossiyaning DXR va LXR mustaqilligini tan olish qarorini sharhlar ekan.
DiKarloning qo‘shimcha qilishicha, mojaro Xavfsizlik kengashining 2202-rezolyusiyasiga muvofiq hal qilinishi kerak.
U, shuningdek, Rossiyaning qarori mintaqaviy va global oqibatlarga olib kelishi mumkinligini aytdi.
Mustaqillikni tan olish haqidagi farmonni Rossiya prezidenti Vladimir Putin 21 fevral, dushanba kuni imzoladi.