BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi Ukraina Qurolli kuchlarining LXRdagi Starobelsk pedagogika kollejiga bergan zarbasi oqibatida tinch aholi, jumladan, talabalar halok bo‘lgani va jarohatlanganini tasdiqladi.
BMT ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 21–22 may kunlari Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan amalga oshirilgan yirik hujum vaqtida Starobelsk shahrida sodir bo‘lgan. Rossiya rasmiylari 21 kishi halok bo‘lgani va 44 kishi jarohatlanganini ma’lum qilgan.
BMT ochiq manbalardan olingan ma’lumotlarni sinchkovlik bilan tahlil qildi. Ularda hujum vaqtida ta’lim muassasalari faoliyat yuritgani, u yerda tinch aholi va ko‘plab talabalar bo‘lgani ko‘rsatilgan.
Boshqarma tahliliga ko‘ra, zarba oqibatida tinch aholi vakillari, jumladan talabalar halok bo‘lgan yoki jarohat olgan. Halok bo‘lganlar orasida 18 nafar ayol borligi ham qayd etilgan.
BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Folker Tyurk Rossiya va Ukraina rasmiylarini bunday holatlar yuzasidan tezkor, mustaqil va samarali tergov o‘tkazishga, aybdorlarni javobgarlikka tortishga chaqirdi.