Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

BMT konferensiyasi ishtirokchilari rivojlanayotgan mamlakatlarga iqlimga yetkazilgan zarar uchun pul to‘lashga rozi

BMT konferensiyasi ishtirokchilari rivojlanayotgan mamlakatlarga iqlimga yetkazilgan zarar uchun pul to‘lashga rozi

COP27 — BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasi ishtirokchilari rivojlanayotgan mamlakatlarning iqlim o‘zgarishining salbiy ta’siridan ko‘rgan yo‘qotishlari va zararlarini qoplaydigan jamg‘arma yaratishga kelishib oldilar.

Jamg‘arma zaif mamlakatlarga bo‘ronlar, toshqinlar va rivojlangan mamlakatlarning tarixiy uglerod chiqindilari natijasida yuzaga kelgan boshqa ofatlar bilan kurashishda yordam berish uchun yaratilgan — Reuters.

Associated Press'ning yozishicha, dastlab jamg‘arma rivojlangan mamlakatlarning, shuningdek, jismoniy shaxslar, jamoat tashkilotlari va xalqaro moliya institutlarining badallari hisobidan shakllantiriladi.

Kiritildi: 19:19 20.11.2022. O'qildi: 2008 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!