BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish jahonda yangi keng ko‘lamli urush boshlanishi xavfi haqida ogohlantirdi.
Uning ta’kidlashicha, Yaqin Sharqdagi keskinlik global mojaroga aylanish yoqasida. Mojaro allaqachon butun dunyoga ta’sir ko‘rsatmoqda, ayniqsa dengizda erkin navigasiyaning buzilishi jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Guterrish:
— AQSh va Isroilni harbiy harakatlarni zudlik bilan to‘xtatishga;
— Eronni esa qo‘shnilarga hujumlarni bas qilishga chaqirdi.
BMT rahbari vaziyatni yumshatish uchun diplomatik yo‘lni tanlash zarurligini ta’kidladi.