Bugun 21 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

BMT: jahon savdosi o‘sishi 2,2% gacha sekinlashishi mumkin

BMT: jahon savdosi o‘sishi 2,2% gacha sekinlashishi mumkin

BMTga ko‘ra, tarif cheklovlari to‘liq kuchga kirishi ortidan 2026 yilda jahon savdosi hajmi o‘sishi 2,2% gacha pasayishi mumkin.

Tashkilotning “Jahon iqtisodiy ahvoli va istiqbollari — 2026” hisobotida qayd etilishicha, 2025 yilda jahon savdosi 3,8% ga o‘sgan. Bu, asosan, yangi tariflar joriy etilishidan oldin yetkazib berishlar jadallashishi va xizmatlar, xususan turizm hamda raqamli xizmatlar savdosining kengayishi bilan bog‘liq.

BMT ekspertlari ta’kidlashicha, proteksionistik choralar xalqaro savdoda noaniqlikni kuchaytirsa-da, tovar va xizmatlar savdosi hali ham jahon YAIMining 50 foizidan ortig‘ini tashkil etmoqda.

Hisobotda kompaniyalar ta’minot zanjirlarini diversifikasiya qilayotgani, “Janub—Janub” savdosi kengayayotgani va raqamlashuv xizmatlar ulushini oshirayotgani qayd etilgan. Bu jarayonlar jahon savdosining bosqichma-bosqich transformasiyasiga olib kelmoqda.

Kiritildi: 22:05 20.01.2026. O'qildi: 262 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!