AQSH-Isroil harbiy operasiyasi boshlanganidan beri Hormuz bo‘g‘ozi orqali kunlik kemalar tranziti 95 foizdan ortiqqa kamaydi.
Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Savdo va Taraqqiyot bo‘yicha konferensiyasi hisobotida aytildi.
"Hormuz bo‘g‘ozi orqali yuk tashish amalda falaj bo‘lib qoldi: tranzit transporti 95 foizdan ortiqqa kamaydi, bu esa energiya va o‘g‘it ta’minotida uzilishlarga olib keldi", deb ta’kidlanadi hisobotda.
Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, mart oyining boshida bo‘g‘ozdan kuniga 10 tadan ortiq kema o‘tgan, fevral oyining oxirgi haftasida esa o‘rtacha 103 ta kema o‘tgan.