Bugun 5 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

BMT Erondagi maktabda ro‘y bergan mudhish hodisani tekshirishni talab qildi

BMT Erondagi maktabda ro‘y bergan mudhish hodisani tekshirishni talab qildi

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Folker Tyurk Eronning Minob tumanidagi maktab bombalanishi oqibatida 160 dan ziyod o‘quvchi halok bo‘lishi holatini tezkorlik bilan, xolis va haqqoniy tarzda taftish etishni talab qildi.

«Hujumni amalga oshirganlar tergov-tekshiruvga ham mas’uldirlar. Biz ularni tekshiruv natijalarini jamoatchilikka e’lon qilish, aybdorlarni jazolash va qurbonlarga tovon puli to‘lashga chaqiramiz», – degan BMT oliy komissarining matbuot kotibi Ravina Shamdasani.

Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissar AQSh va Isroil tomonidan Eronga qarshi boshlangan harbiy harakatlar tinch aholi va fuqaroviy infratuzilmalarga ham daxl qilayotganidan xavotir bildirib, xalqaro gumanitar huquqqa rioya etish lozimligini eslatgan.

Minob tumanidagi «Shajarayi Toyyiba» maktabi AQSh va Isroil Eronga qarshi urush boshlagan 28 fevral kuni bombardimon qilingan edi. Ayni dars vaqti uyushtirilgan hujum oqibatida kamida 160 dan ziyod o‘quvchi va o‘qituvchilar halok bo‘lgan, maktab binosi esa butunlay vayron bo‘lgan.

Eron davlat matbuoti AQSh va Isroil amalga oshirgan hujumda 7-12 yosh oralig‘idagi 180 ga yaqin o‘quvchi qiz halok bo‘lgani, yana o‘nlab bola jarohatlanganin ma’lum qilgan.

YUNESKO hodisani xalqaro gumanitar huquqning qo‘pol ravishda buzilishi deb qoralagan.

AQSh mudofaa vaziri jurnalistlarning maktabda ko‘p sonli bolalar o‘ldirilishi yuzasidan bergan savoliga javoban Amerika armiyasi «fuqaroviy ob’ektlarga hech qachon zarba bermasligi», hodisa tekshirilayotganini aytgan.

Kiritildi: Bugun 20:16. O'qildi: 389 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!