Bugun 16 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

BMT Eron haqidagi turli bayonotlardan xavotirda

BMT Eron haqidagi turli bayonotlardan xavotirda

BMT Eron bo‘ylab ehtimoliy zarbalar berilishi haqidagi turli bayonotlarni xavotir bilan kuzatmoqda.

Bu haqda 15 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan BMT Xavfsizlik kengashining favqulodda yig‘ilishida tashkilot Bosh kotibi yordamchisi Marta Pobi ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Eronga qilinadigan ehtimoliy tashqi hujum shundoq ham tarang vaziyatni yanada og‘irlashtirishi mumkin. Shu bois u taraflarni maksimal darajada vazmin bo‘lishga chaqirdi.

"Bosh kotib hamon Eronning barcha muammolari, jumladan yadroviy dastur va mamlakatda davom etayotgan norozilik namoyishlari bilan bog‘liq xavotirlarni diplomatiya va muloqot orqali hal qilish eng yaxshi yo‘l ekaniga ishonch bildirmoqda", — deya qo‘shimcha qildi Pobi.

Kiritildi: Bugun 13:00. O'qildi: 345 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!