BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish Venesuela prezidenti Nikolas Maduro bilan telefon orqali muloqot qildi.
Bu haqda BMT Bosh kotibi idorasi ma’lum qildi.
Suhbat chog‘ida mintaqadagi keskinlikning kuchayishi muhokama qilindi.
"Suhbat chog‘ida Bosh kotib BMTga a’zo davlatlar xalqaro huquqqa, xususan, BMT Nizomiga rioya etishi, o‘zini tutishi va mintaqaviy barqarorlikni saqlash uchun keskinlikni kamaytirish zarurligi haqidagi BMT pozisiyasini yana bir bor ta’kidladi", — deyiladi bayonotda.
Avvalroq BMT Bosh kotibi matbuot kotibi o‘rinbosari Farhan Haq jurnalistlarga Guterrish o‘zini tiyishga va AQSh va Venesuela o‘rtasidagi keskinlikni zudlik bilan yumshatishga chaqirganini ma’lum qilgandi.