Bugun 10 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

BMT Bosh kotibi AQShning qilgan ishidan afsusda

BMT Bosh kotibi AQShning qilgan ishidan afsusda

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterresh AQShning BMTning ayrim tuzilmalaridan chiqish qaroridan afsusda ekanligini bildirdi.

Bosh kotibning matbuot kotibi Stefan Dyujarrik bu haqda brifingda ma’lum qildi.

"Bosh kotib Oq uyning AQShning BMTning ayrim tuzilmalaridan chiqish qarori haqidagi e’lonidan afsusda", dedi Dyujarrik. "Biz bir necha bor ta’kidlaganimizdek, Bosh Assambleya tomonidan tasdiqlangan BMTning muntazam va tinchlikparvarlik byudjetlariga badallar BMT Nizomiga muvofiq Qo‘shma Shtatlarni ham o‘z ichiga olgan barcha a’zo davlatlar uchun majburiydir".

Bosh kotibning matbuot kotibi barcha BMT tuzilmalari o‘z ishini davom ettirishini ta’kidladi.

Kiritildi: 10:20 09.01.2026. O'qildi: 826 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!