Ayni paytda BMT AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyatining Venesuelaga nisbatan harakatlariga, xususan, Bolivar Respublikasiga va undan chiquvchi neft tankerlarini blokirovka qilishga nisbatan qo‘llaniladigan huquqiy bazani ko‘rib chiqmoqda.
Bu haqda BMT rahbari matbuot kotibi o‘rinbosari Farxon Haq ma’lum qilgan.
"Hozirgi bosqichda biz amaldagi qonunlarni o‘rganyapmiz va vaziyatning o‘zini o‘rganyapmiz. Shubhasiz, tomonlar BMT Nizomiga rioya qilishlari kerak", dedi u masala yuzasidan berilgan savolga javob berar ekan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Venesuelaga va undan chiqib ketayotgan barcha sanksiyalangan tankerlarni blokirovka qilishga buyruq berganini ma’lum qilgandi. Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi postida Amerika yetakchisi Venesuela hukumatini "xorijiy terrorchi tashkilot" sifatida tan olishini qo‘shimcha qildi.