Bugun 26 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

“Bloomberg”: Neft narxida super “sakrash” kuzatiladi

A A A
“Bloomberg”: Neft narxida super “sakrash” kuzatiladi

Dunyo mutaxassislari geologik qidiruv ishlariga yetarlicha investisiya ajratilmasligi  bozorlardagi xomashyoning kamayishiga, bu esa o‘z navbatida neft narxining ko‘tarilishiga sabab bo‘lishini taxmin qilyaptilar. Bu haqda “Bloomberg” xabar bermoqda.
 
“Sanford C. Bernstein & Co” (SCB) kompaniyasi mutaxassislari bir barrel neft narxi 150 dollargacha ko‘tarilishini ta’kidlayapti.
 
Oxirgi yillarda neft narxining pasayishi sababli kompaniyalar yangi konlar qidirishga sarflanadigan pullarni aksionerlarga divident sifatida to‘lab keldilar. Natijada yirik neft ishlab chiqaruvchilarning aniqlangan zaxiralari 2000 yildagi bilan solishtirganda 30 foizga qisqardi.
 
SCB tahlilchilarining fikricha, yigirma yil ichida Osiyo aholisi bir milliardga ko‘payadi. Bu avtomobilga bo‘lgan talabni, shuningdek, avia va avtomobil tashuvini ko‘paytiradi. Shu bilan birga, tayyorlanishi uchun neft ishlatiladigan plastmassa mahsulotlariga talab oshadi.
 
“Etkazib berishdagi har qanday uzilish super “sakrash”ga sabab bo‘ladi. Bu 2008 yilda kuzatilgan 1 barrelga 150 dollargacha ko‘tarilishdan ancha yuqori bo‘ladi”, deyiladi xabarda.
 
Dunyodagi yirik investorlik banki “Bank of America Merrill Lynch” 2018 yil neft defisiti 630 ming barrel, 2019 yilda esa sutkasiga 300 ming barrelni tashkil qilishini taxmin qilgan.
 
Venesueladagi inqiroz, Eron nefti eksportining kamayishi va yirik ishlab chiqaruvchi davlatlarning neft ishlab chiqarishni kamaytirishi dunyo neft bozoriga zarba bo‘lgani ta’kidlanyapti.

Manba: qalampir.uz

Kiritildi: 21:29 07.07.2018. O'qildi: 1479 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik