Vashington tez orada AQSh Prezidenti Jo Bayden va XXR raisi Si Szinpin o‘zaro aloqa bog‘lashini kutmoqda, deya bayonot berdi bugun Davlat kotibi Entoni Blinken.
"Rais Si (Szinpin) va Prezident Baydenga keladigan bo‘lsak, biz yaqin haftalar ichida ularning suhbatini tashkil etish imkoni paydo bo‘lishini kutyapmiz", - dedi, jumladan, Blinken Tailanddagi matbuot anjumanida. Uning ma’ruzasi yozma shaklini Davlat departamenti tarqatdi.
Iyun oyi oxirlarida XXR TIV Bayden va Si Szinpinning telefon orqali muloqoti bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida hozircha ma’lumot yo‘qligini aytsa-da, XXR va AQSh yetakchilarining o‘zaro aloqaga chiqishlari "juda muhim"ligini bildirgandi.
Baydenning o‘zi esa avvalroq Xitoy rahbari bilan so‘zlashish rejalashtirilgani, ammo suhbat vaqti ma’lum emasligini ta’kidlagan.