Bugun 14 fevral, 2026 yil, shanba

КИР

Bizga zaif ittifoqchilar kerak emas

Bizga zaif ittifoqchilar kerak emas

Bizga zaif ittifoqchilar kerak emas — AQSh davlat kotibi.

Marko Rubio 62-Myunxen xavfsizlik konferensiyasidagi nutqida AQSh va Yevropa o‘rtasidagi yaqin aloqalarga to‘xtalib, yevropaliklarni kuchliroq bo‘lishga chaqirdi.

Myunxen xavfsizlik konferensiyasida Marko Rubio tomonidan bildirilgan boshqa fikrlar:

◾️ Biz ittifoqchilarimiz ojiz bo‘lishini istamaymiz, chunki bu bizning o‘zimizni ham zaiflashtiradi. Bizga o‘zini mustaqil himoya qila oladigan ittifoqchilar zarur;

◾️ AQSh Yevropa kuchli bo‘lishini va mustaqil yashay olishini istaydi;

◾️ AQSh va Yevropa o‘rtasidagi kelishmovchiliklar Yevropaning kelajagi borasidagi xavotirlar bilan bog‘liq;

◾️ Chegaralarsiz dunyo va milliy manfaatlarni global tartib bilan almashtirish g‘oyasi o‘zini oqlamagan va xato bo‘lib chiqqan;

◾️ G‘arb mamlakatlaridagi ommaviy migrasiya misli ko‘rilmagan darajaga yetgan va bu davlatlarning birligi hamda kelajagiga tahdid solmoqda;

◾️ Vashington ittifoqchilaridan ajralishni maqsad qilmaydi, aksincha ular bilan uzoq yillik do‘stlikni jonlantirishni istaydi;

◾️ G‘arb o‘zi yaratgan global hamkorlik tizimidan voz kechmasligi kerak, biroq bu tizim islohotlarga muhtoj;

◾️ BMT katta salohiyatga ega, biroq eng dolzarb masalalarda u deyarli hech qanday rol o‘ynamayapti;

◾️ BMT Ukraina va G‘azodagi mojarolarga barham bera olmadi, tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar AQSh tufayli amalga oshishi mumkin bo‘ldi.

Kiritildi: Bugun 16:30. O'qildi: 618 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!