Bugun 14 may, 2024 yil, seshanba

КИР

"Bizga aholining bir qismini xonavayron qilish evaziga rivojlanadigan futbolni keragi yo‘q"

"Bizga aholining bir qismini xonavayron qilish evaziga rivojlanadigan futbolni keragi yo‘q"

“Adolat“ Sosial demokratik partiyasidan deputatlikka o‘z nomzodini qo‘ygan Obidjon Latipov O‘zbekistonda totalizatorlarni qonuniylashtirilishiga munosabat bildirdi.

“Mendan totalizatorlarning qonuniylashtirilishiga munosabat bildirishimni so‘rashyapti.

Bizga, aholini bir qismini xonavayron qilish evaziga rivojlanadigan futbolni keragi yo‘q.

Futbol rivoji uchun qayg‘urayotganlar, avval futbolni moliyalashga ketayotgan katta mablag‘lar qayerdan kelib, qayerga ketayotganini shaffoflashtirsalar yaxshiroq bo‘lar edi.

Biz aholini bir qismini qashshoqlikka olib keluvchi, hayotini izdan chiqarib yuboruvchi totalizatorlarga o‘xshash narsalar haqida bosh qotirishdan ko‘ra, odamlar turmushini yaxshilash, daromadlarini o‘stirish yo‘llarini izlashimiz kerak" - deya o‘z so‘zlarini yakunlaydi nomzod.

Kiritildi: 16:40 29.11.2019. O'qildi: 6000 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!