Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

«​Biz vassal davlat emasmiz»​ – Minskda Rossiya bilan yaqinlashishga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi

«​Biz vassal davlat emasmiz»​ – Minskda Rossiya bilan yaqinlashishga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi

Belorussiya poytaxti Minsk shahrida Rossiya bilan integrasiyaning chuqurlashishiga qarshi minglab norozilar namoyishga chiqishdi. Namoyishchilar orasida qariyalar, ayollar va bolalar ham bor deyiladi, Inforesist tarqatgan xabarlarda.

Belorus xristian demokratik partiyasi vakili, muxolif siyosatchi Pavel Severinets Oktyabr maydonida yig‘ilganlarni Vladimir Putin va Aleksandr Lukashenko uchrashuvi yakunlangunga qadar tarqalib ketmaslikka chaqirgan.

“Qachonki bizga qanday yashash kerakligini aytib turishmasa, shunda mustaqil bo‘lamiz”, deya siyosatchining hayqiriqlaridan iqtibos keltirmoqda nashr.

Maydonda shuningdek, namoyishchilar bilan kuch ishlatar organlar o‘rtasida to‘qnashuvlar ham bo‘lgani aytilmoqda. Namoyishga chiqqanlarning qo‘lida “Rus fashizmi va jinoyatchiligiga yo‘q deymiz”, “Bu integrasiya emas, okkupasiya (bosib olish)” degan plakatlarni ko‘tarib chiqishgan.

“Eng katta jinoyat xalqdan yashirin xalqaro paktlarni imzolash va buning natijasida yerlarimizni egallab olishiga qo‘yib berishdir, - deydi Neklyayev. Hech kim qo‘shnilarimiz bilan do‘st bo‘lmaslik kerak demaydi. Do‘stona munosabatda bo‘lishimiz kerak. Shubhasiz, litvaliklar bilan ham, polyak va ruslar bilan ham. Faqat teng shartlar bilan, biz vassal davlat emasmiz”.

Miting davomida namoyishchilar Rossiya prezidenti Vladimir Putinning bir qancha suratlarini yirtib, yoqib yuborishgan. Shuningdek, namoyish qatnashchilari Minskdagi Rossiya elchixonasiga ham kelib, Oktyabr maydonida qabul qilingan rezolyusiyani rus diplomatlariga topshirishmoqchi bo‘lishgan. Shundan so‘ng maxsus kuchlar tomonidan elchixona binosi qurshab olinib, himoyaga olingan

Namoyishlar davomida 7-8 dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan Putin va Lukashenko muzokaralari natijasiz yakunlangani aytilmoqda. Uchrashuvdan so‘ng ikkala davlat rahbari ham hech qanday bayonot bermagan.

Ma’lum bo‘lgani davlat rahbarlari 20 dekabr kuni Sankt Peterburgda muzokaralar uchun qayta ko‘rishishlari mumkin.

Kiritildi: 06:38 10.12.2019. O'qildi: 1529 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!