Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Biz (dunyoda) oxirgilarmiz, qiyomat kuni peshqadamlarmiz. Faqat ularga bizdan oldin kitob berilgan, xolos. U bizga ulardan keyin berilgan. So‘ngra ushbu (juma) kun Alloh ularga (ibodatini) farz qilgan kundir. Ammo ular u haqda ixtilofqildilar. So‘ngra Alloh bizni (o‘sha kunga) hidoyat qildi. Odamlar esa bunda bizdan keyindalar: ertasiga yahudiylar, indiniga nasorolar , dedilar .
Muslim rivoyat qilgan.
Boshqa rivoyatda:
Biz (dunyoda) oxirgilar, qiyomat kunida peshqadamlarmiz. Biz jannatga birinchi kiruvchilarmiz , deyilgan.