Safardagi birinchi kunimdayoq oldingi xulosalarim mustahkamlandi.
Biz bir millatmiz. Aslo bo‘linmasligimiz kerak. Hozirgi bosqichdagi muammolarimiz asta-sekin yechimini topib boraveradi. Chunki ular bir kunda paydo bo‘lmagan va endi bir kunda hal bo‘lmaydi. Ular butunligimizni yemirmasligi lozim. Turli tortishuv va tarafkashliklar bo‘linishlar muqaddimasi hisoblanadi.
Birinchi ishimiz birlashuv bo‘lsin. Xalq va millat davlatni qo‘llashi, davlat esa raiyyatni rioya qilishi tarafdorimiz. Davlat raiyyat tomon qadam tashladi. Biz ham muvaqqat qiyinchiliklarga sabr qilib, qo‘llov qo‘lini cho‘zaylik. Mutaraqqiy millatlar birlashib taraqqiy etganlar.
Mubashshir Ahmad
Manba: azon.uz