Qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasining poytaxti Bishkek shahrida 2018 yilning avgust oyida 2010 yilda bo‘lib o‘tgan avgust voqealari qurbonlari xotirasiga bag‘ishlab masjid ochilishi rejalashtirilgani ma’lum qilindi.
Ushbu masjid Bishkekdagi Yunusaliyev va Shopen ko‘chalari kesishgan chorraha yaqinida qad rostlaydi. Masjid qurilishi ishlari 2015 yilda boshlangan. Uning tashabbuskori prezident Almazbek Atamboyev ekani ta’kidlangan.
Ma’lumot uchun, masjidning umumis maydoni 10 ming kv. metrga yaqin, minorasining balandligi 34 metr.
Masjid binosi maxsus arxitektura dizayni asosida qurilgan bo‘lib, unda bir vaqtning o‘zida 900 kishi namoz o‘qishi mumkin.
Manba: muslim.uz