Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Birjada dollar kursi yaxshigina arzonlashdi

A A A
Birjada dollar kursi yaxshigina arzonlashdi

O‘zbekistonda o‘tgan yilning 5 sentabrida valyutani liberallashtirish boshlanganidan buyon dollar kursi birinchi bor 7996 so‘mli ko‘rsatkichga erishdi. Bu haqda O‘zbekiston valyuta birjasi ma’lumotlariga asoslanib, “Spot” xabar berdi.

O‘zbek so‘mi 2018 yilning fevralidan boshlab o‘z o‘rnini mustahkamlay boshladi — unga qadar esa davriy ravishda bir dollar uchun 8190 so‘mga qadar arzonlashib bordi. Fevral oyining o‘rtasidan buyon milliy valyuta ketma-ket 11 hafta davomida o‘sib borgan edi.

May oyida Amerika valyutasi 8050 so‘mgacha arzonlashdi, keyin esa 8030 so‘mgacha tushdi. So‘ngra 2017 yilning kuzidan beri birinchi marotaba milliy valyuta bir dollar uchun 8000 so‘mlik psixologik belgiga yaqinlashgandi.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 08:53 16.05.2018. O'qildi: 1791 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik