Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Birinchi Prezident maktabi qayerda tashkil etilishi ma’lum qilindi

A A A
Birinchi Prezident maktabi qayerda tashkil etilishi ma’lum qilindi

O‘zbekistonning har bir hududida Prezident maktablari tashkil etiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda e’lon qildi.

Mamlakatimizni yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarishni o‘z oldimizga ustuvor vazifa qilib qo‘ygan ekanmiz, buni amalga oshirish uchun bizga, eng avvalo, yangi avlod kadrlari kerak. Ana shunday yuksak salohiyatli kadrlarni tarbiyalash maqsadida yurtimizning har bir hududida bittadan yangi tipdagi maktablar - Prezident maktablarini tashkil etishni rejalashtirganmiz”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

O‘zbekiston Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatovning aytishicha, Prezidentimizning tashabbusiga ko‘ra birinchi maktab Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida tashkil etiladi. Prezident maktablari bosqichma-bosqich mamlakatimizning boshqa hududlarida ham ochiladi.

Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda. 

“Prezident maktablarining asosiy maqsadi mamlakatimizning har bir viloyatida iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularning rivojlanishiga kerakli sharoitlar yaratishdir”, - dedi Xalq ta’limi vaziri. Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur maktab bitiruvchilari kelajakda mamlakatimiz rivojlanishiga o‘z hissalarini qo‘shishlari kerak.

Vazirning aytishicha, Prezident maktablari STEAM (Science (fan), Technology (texnologiya), Engineering (muhandislik), Art (san’at) va Mathematics (matematika)) fanlarini o‘qitishga ixtisoslashgan bo‘ladi.

Ya’ni, Prezident maktablarida yoshlarga matematika, fizika, kimyo, biologiya va axborot texnologiyalari hamda xorijiy tillar ilg‘or ta’lim metodologiyalari asosida chuqur o‘rgatiladi.

“Prezident maktablarida o‘quvchilarni tanlash va ta’lim sifatini ta’minlash uchun ularni xorijlik mutaxassislar boshqaradilar. Shu bilan birga, maktabga malakali xorijlik hamda mahalliy pedagoglar jalb etiladilar va ularning faoliyatiga kerakli shart-sharoitlar yaratiladi”, - dedi Shermatov.

Vazirning qayd etishicha, hozirda tegishli vazirlik va idoralar tomonidan Prezident maktablari faoliyati va o‘quvchilarni qabul qilish masalalarini tartibga soluvchi kerakli me’yoriy hujjatlarni tayyorlash bo‘yicha ishlar boshlandi. Bu hujjatlar o‘quvchilarga qo‘yiladigan talablar va qabul qilish jarayonini belgilab beradi.

Vazir xorijlik mutaxassislar va xorijda ishlayotgan yurtdoshlarimizni ushbu loyihada ishtirok etishga chaqirgan.

Xs.uz

Kiritildi: 12:30 19.11.2018. O'qildi: 11903 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!