Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Birgalikda eng mazali tarvuz tanlaymiz...

A A A
Birgalikda eng mazali tarvuz tanlaymiz...

Tarvuz – yozning eng muhim ramzi hisoblanadi. Shuning uchun mazali va shirin tarvuzni tanlash ham qiyin bo‘ladi. Qanday qilib boshqa tarvuzlar orasida eng mazalisini topish mumkin?

1. Sariq dog‘

Bu pishgan tarvuzlarning asosiy omillaridan biridir. Dog‘ qanchalik sariq bo‘lsa, shu tarvuz eng shirin va mazzali bo‘ladi.

 

2. Jins alomati

Hamma ham buni bilmaydi, ammo tarvuzlarni jins alomati bo‘yicha topsa bo‘lar ekan. “Bolalar” – kattaroq va cho‘zilgan bo‘ladi, “qizlar” – kichkinaroq va ozgina yassilangan bo‘ladi. “Qizlar” – shirinroq bo‘ladi.

 

3. Chertib ko‘rish

Agarga tarvuzni sekin chertib ko‘rsangiz, o‘shanda pishgan meva jarangli ovoz chiqaradi. Hamda tarvuzni ikkita tarafdan siqsa bo‘ladi. Agarda u ozgina chirsillasa demak uni ist’emol qilish mumkin.

 

4. Dum

Sariq qurigan dum – pishgan meva alomatidir. Yashil dumlisi esa aksincha, tarvuz vaqtli sug‘irib olinganini bildiradi.

 

5. Hid

Tarvuz hushboy yangi hidni tarqatishi kerak. Agarda unda hid bo‘lmasa, shunaqa tarvuz ko‘pincha oddiy yo‘l bilan o‘stirilmagan.

 

Manba: tridantus.uz

Kiritildi: 12:37 13.06.2018. O'qildi: 2655 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!