Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Bir oilaning 5 a’zosi o‘ldirib ketildi. Jinoyatni o‘z joniga qasd qilgan o‘smir sodir etgan bo‘lishi mumkin

Bir oilaning 5 a’zosi o‘ldirib ketildi. Jinoyatni o‘z joniga qasd qilgan o‘smir sodir etgan bo‘lishi mumkin

Rossiyaning Ulyanovsk viloyatida yosh bolali oilaning barcha a’zolari o‘ldirib ketildi, deb yozadi Meduza.

Ushbu jinoyatni keyinroq o‘z joniga qasd qilgan o‘smir sodir etgan bo‘lishi mumkin.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ommaviy qotillik Patrikeevo qishlog‘idagi uylardan birida yuz bergan. Uydan uch nafar katta odam va ikki nafar yosh bolaning jasadi topilgan.

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, qotillikni marhumlarning qarindoshi — 16 yoshli o‘smir sodir etgan.

Uning jasadi qishloq yaqinidagi uyali aloqa minorasi yonidan topilgan.

Qayd etilishicha, o‘smir o‘z joniga qasd qilishdan avval maktub qoldirgan. Maktubda u o‘z joniga qasd qilmoqchi ekanligi va o‘zi bilan barcha oila a’zolarini olib ketmoqchi ekanligini yozib qoldirgan.

Kiritildi: 20:00 18.08.2019. O'qildi: 4186 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!