Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Bir hafta ichida poytaxt aholisining gaz va elektrga bo‘lgan ehtiyoji qondiriladi

Bir hafta ichida poytaxt aholisining gaz va elektrga bo‘lgan ehtiyoji qondiriladi

Bir hafta ichida barcha tumanlardagi mahallalarda aholining tabiiy gaz va elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoji qondiriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Rahmonov boshchiligida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda prezident huzurida energiya resurslari ta’minoti yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda hokimlik rahbarlariga bildirilgan jiddiy tanqid va e’tirozlardan kelib chiqib, vazifalar belgilab olindi.

Prezident tomonidan qayd etilgan elektr energiyasi va gaz ta’minotidagi uzilishlarni bartaraf etishga asosiy e’tibor qaratildi.

“Bir hafta mobaynida barcha tumanlardagi mahallalarda aholining tabiiy gaz va elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, sodir bo‘layotgan uzilishlarni qisqa vaqt ichida bartaraf etish vazifalari belgilab olindi”, deyiladi xabarda.

Buning uchun mutasaddilarga ishga jiddiy kirishish, bor imkoniyatlardan oqilona foydalanish, qo‘shimcha kuchlarni jalb etish topshirig‘i berildi.

Kiritildi: 09:49 17.01.2023. O'qildi: 1528 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!