Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Bill Geyts: «Ayfon»nimas, androidni tanlayman»

Bill Geyts: «Ayfon»nimas, androidni tanlayman»

 

 

 

 

«Microsoft» asoschisi Bill Geyts nega «iPhone»dan emas, balki android-smartfonlardan ko‘proq foydalanishi sababini tushuntirdi.

Geytsning ta’kidlashicha, «Google» platformasiga qurilgan smartfonlar anchayin qulay. Masalan, iOSdan farqli o‘laroq, Android ekotizimida dasturiy ta’minot/operativ tizim munosabatlari ancha universal, ko‘proq imkoniyatlarni taqdim etadi. «Oxir-oqibat, bu aynan menbop tizim», — deya so‘zlarini izohladi Bill Geyts «CNBC» va «The New York Times» jurnalisti Endryu Ross Sorkin bilan «Clubhouse» orqali bo‘lgan suhbatda.

Geyts ba’zida «ayfon»dan ham foydalanib turishini inkor etmadi — bu shunchaki IT-bozorning so‘nggi tendensiyalaridan boxabar bo‘lib turish uchun. Shunisi ham borki, Bill Geyts intervyuni «Apple» smartfoni orqali berdi, chunki androidlar uchun «Clubhouse» hali chiqmagan.

Kiritildi: 22:46 04.03.2021. O'qildi: 2772 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!