U bu haqda CNN telekanaliga bergan intervyusida aytib, kelgusi yilda kiberxavfsizlik sohasida ko‘plab kutilmagan muammolar yuzaga kelishi mumkinligini ta’kidladi.
Geytsning fikricha, hozirgi asosiy xavf sun’iy intellektning inson nazoratidan chiqib ketishida emas, balki undan jinoiy maqsadlarda foydalanilishidadir.
Avvalroq OpenAI bosh direktori Sem Altman va Anthropic kompaniyasi rahbari Dario Amodey ham sun’iy intellekt tizimlarining xavfsizligi va ularni nazorat qilish bilan bog‘liq ehtimoliy xatarlar haqida ogohlantirgan edi.