Bugun 30 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Bid’at nima?

A A A
Bid’at nima?
 

Inson Alloh taologa taqarrub (yaqin bo‘lmoqlik) hosil qiish uchun shariatda ko‘rsatilgan biror amalni bajarar ekan, uning ixlosu muhabbati ko‘proq savob topish maqsadida shu amalni yanada ko‘rkamroq ado etishga undaydi. Biroq bid’at degan tushuncha, bilib-bilmay bid’at amalini qilib qo‘yish xavfi uni o‘z xohish – irodasini amalga oshirishiga to‘sqinlik qiladi. Mana shuning uchun musulmon kishi bid’at so‘zining ma’nosini va ayrim bid’at amallar xaqida tushunchaga ega bo‘lishi lozim. Allox taolo o‘zini: (Alloh) “Eru osmonlarni Yaratuvchisidir” deb nomlagan (Baqara surasi, 117-oyat) shu mazmundagi boshqa oyatlarda “badiy’” so‘zi o‘rniga “xalaqa” lafzi kelgan. Mazkur oyatda “badiy’” so‘zining kelishi bejiz emas, albatta. Chunki uning yo‘qdan bor qildi, degan ma’nosidan tashqari, betakror va tengsiz qilib yaratdi, ma’nosi xam bor. Hayotda ro‘y bermagan voqeani tasvirlash, ro‘y berganining esa, ta’sirini oshirish maqsadida, asl holini bezab bayon qilishga badiiylashtirish deyiladi. Mana shu ma’nodan kelib chiqib, bid’at so‘ziga istilohda – shar’iy asosga ega bo‘lmagan amalni joriy qilish, deb ta’rif berilgan.

Manba: muslim.uz

Kiritildi: 05:45 26.09.2018. O'qildi: 9721 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik