Bugun 26 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Beyl «Real»da qolishga rozi bo‘ldi

A A A
Beyl «Real»da qolishga rozi bo‘ldi

The Telegraph xabarida qayd etilishicha, Lopetegi uelslik futbolchini jamoaning asosiy futbolchisi sifatida ko‘rmoqda va uni boshqa klubga berib yubormoqchi emas.

Mutaxassis unga yangi mavsumda ko‘proq ishonch bildirishni va’da qilgan. Shundan so‘ng, Beyl fikrini o‘zgartirib, Madridda qoladigan bo‘lgan.

Avvalroq, ushbu futbolchi juda kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgani sababli «Real»ni tark etishga qaror qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Unga asosiy da’vogar sifatida «Manchester Yunayted» jamoasi aytilgan.

Beyl «Real» safida 2013 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi muddati 2022 yilgacha tuzilgan.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 21:49 17.07.2018. O'qildi: 1538 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik