Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Beruniy tumanidagi YTHda besh kishi halok bo‘ldi

Beruniy tumanidagi YTHda besh kishi halok bo‘ldi

A-380 avtomagistralining Beruniy tumanidan o‘tgan qismida yirik YTH sodir bo‘ldi, besh kishi vafot etdi.

22 oktyabr kuni ertalab A-380 «Buxoro-Nukus-Beruniy» avtomagistralining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani hududidan o‘tgan 680-kilometrida Nexia va Cobalt avtomobillari ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.

O‘zbekiston FVV matbuot xizmatining xabar qilishicha, Nexia (davlat raqami 95 E 960 GA) haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va Cobalt (davlat raqami 95 313 NAA) bilan to‘qnashgan.

YTH natijasida besh kishi halok bo‘ldi, yana besh kishi tan jarohatlari bilan Beruniy tuman shifoxonasiga yetkazildi.

Manba: gazeta. uz

Kiritildi: 13:57 23.10.2018. O'qildi: 1646 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!