Bugun 29 iyul, 2026 yil, chorshanba

КИР

Beruniy tumanida tovlamachilik holati fosh etildi

Beruniy tumanida tovlamachilik holati fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Beruniy tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar D.A. va A.YU. fuqaro M.X.ning “U.Z.” oilaviy korxonasiga tegishli savdo do‘konida chek bermaganligi holati bo‘yicha “Soliq” ilovasi orqali ariza bermasligini aytib, 3 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bundan tashqari, D.A. tumanda faoliyat ko‘rsatuvchi 3 ta tadbirkordan chek bermaganlk holatlari bo‘yicha “Soliq” ilovasi orqali ariza bermasligi evaziga ulardan turli miqdordagi pullarni tovlamachilik yo‘li bilan qo‘lga kiritib kelayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 10:51 13.07.2026. O'qildi: 893 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!