Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Berlindagi LGBT-parad vaqtida terrorchilik harakati sodir etildi

Berlindagi LGBT-parad vaqtida terrorchilik harakati sodir etildi


Shanba oqshomida Berlin shahrining Tirgarten hududida, Potsdam maydoni yaqinida ikki kunlik LGBT-parad yakunlanayotgan bir vaqtda odamlar gavjum bo‘lgan joyga oq rangli furgon bostirib kirdi.

Hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, kamida 16 kishi jarohatlandi. Ba’zilarning ahvoli og‘ir va hayoti xavf ostida qolmoqda.

Polisiya sodir bo‘lgan voqeani terrorchilik harakati deb baholadi va gumonlanuvchining suratini e’lon qildi. U 21 yoshli Abdul B. bo‘lib, hali qo‘lga olinmagan. Berlin polisiyasi "Christopher Street Day" tadbiri vaqtida odamlarni bosib ketganlikda gumonlanayotgan shaxsni qidirishda aholidan yordam so‘radi. Huquq-tartibot organlari ma’lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchi ozg‘in gavdali, bo‘yi taxminan 190 sm bo‘lib, qora xudi hamda oq shim kiygan bo‘lishi mumkin.

Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchi "Berlinning aqidaparastlik g‘oyalaridagi qatlamlariga mansub" deb ko‘rilmoqda.

DPA va Die Welt nashrlarining yozishicha, u muqaddam voyaga yetmaganlar uchun mo‘ljallangan muassasada jazo o‘tagan hamda 2026 yilning may oyida ozodlikka chiqqan.

Kiritildi: Bugun 20:25. O'qildi: 437 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!