Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Berlinda Ukraina bo‘yicha muzokaralar maxfiy tarzda o‘tdi

Berlinda Ukraina bo‘yicha muzokaralar maxfiy tarzda o‘tdi

Berlinda Amerika va Ukraina delegasiyalari ishtirokidagi Rossiya-Ukraina urushini tugatish bo‘yicha muzokaralar maxfiy tarzda o‘tkazildi.

Bu haqda Frankfurter Allgemeine Zeitung nashri ma’lum qildi.

Gazetaning yozishicha, muzokaralar juda yashirin olib borilgan. Jurnalistlar kim bilan va qachon gaplashgani haqida deyarli hech qanday ma’lumotga ega emas edilar, deb yozadi gazeta.

Avvalroq Berlindagi Germaniya kansleri binosida Amerika va Ukraina delegasiyalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgandi. AQSh delegasiyasi tarkibida prezidentning maxsus elchisi Stiven Uitkoff va AQSh prezidenti Donald Trampning kuyovi, tadbirkor Jared Kushner bor. Ukraina tomonidan prezident Vladimir Zelenskiy, Xavfsizlik kengashi kotibi Rustem Umerov va Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi rahbari Andrey Xnatov ishtirok etmoqda. Germaniya kansleri Fridrix Mers qisqacha tabrik so‘zidan so‘ng muzokaralar zalini tark etdi.

Delegasiyalar o‘rtasidagi uchrashuv besh soatdan ortiq davom etdi. Muzokaralar yakunida Uitkoff tomonlar sezilarli yutuqlarga erishganini aytdi.

"Biz 20 banddan iborat tinchlik rejasi, iqtisodiy masalalar va boshqa mavzular bo‘yicha chuqur muhokamalar o‘tkazdik. Muhim yutuqlarga erishildi, ertaga ertalab yana uchrashamiz", deb yozadi u ijtimoiy tarmoqda.

Kiritildi: 09:00 15.12.2025. O'qildi: 622 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!