Bu haqda Germaniya hukumati matbuot kotibi ma’lum qildi.
"Isroilning xavfsizligi Germaniya hukumati uchun eng muhim va ustuvor yo‘nalishlardan biridir. Shu sababli, Berlin yaqin muddatlarda Falastin davlatini tan olishni rejalashtirmayapti", — dedi Shtefan Kornelius.
Rasmiyning so‘zlariga ko‘ra, Berlin Falastin davlatini tan olishni Yaqin Sharq mojarosini “ikki xalq - ikki davlat” tamoyili asosida hal qilish yo‘lida “oxirgi qadamlardan biri” deb biladi.
Shu bilan birga, Kornelius Isroilni G‘azo sektoridagi falokat darajasidagi gumanitar vaziyatni darhol va tubdan yaxshilashga, HAMAS jangarilarini esa qurollarini tashlash va garovdagilarni ozod qilishga chaqirdi.