Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok YEXHTning Skopyedagi sammitiga jo‘nab ketishdan oldin, YEXHT Rossiyadagi keskin munosabatlar sharoitida ham tashkilotning “etarli darajada funksional bo‘lib qolishi” uchun zarur vositalarga ega bo‘lishi kerak, deya ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina va Boltiqbo‘yi davlatlari Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning ishtiroki tufayli yig‘ilishda qatnashmaslikka qaror qilgan edi. Berbokning aytishicha, u boykot chaqiriqlarini tushunadi, biroq ayni paytda uchrashuvda Moskva bilan kelishmovchiliklarni shaxsan muhokama qilish zarur, deb hisoblaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Belorussiya YEXHTni beqarorlashtirishni istaydi, ammo bunga erisha olmaydi.