Shimoliy Karolina shtatida yashovchi erkak Allen Boger benzini tugab qolgani tufayli lotereyada 10 million dollar yutdi. Bu haqda UPI agentligi xabar berdi.
Erkak do‘konga borgan, lekin yo‘l davomida u avtomobil yoqilg‘i quyish shoxobchasiga kirishga majbur bo‘lgan, chunki uning mashinasida benzin tugagan. Yoqilg‘i quyish shoxobchasida u 30 dollarga lotereya chiptasini sotib olgan. Natijada 10 million dollar yutuq chiqqan.
"Men har doim omadli bo‘lganman", – dedi u. Allen pullarni qarzlarni to‘lash uchun sarflash, shuningdek, pensiyaga chiqish niyatida.