Avtomobil benzini sotib olish bo‘yicha quyidagi shaxslar uchun oylik pul kompensasiyalari to‘lovlari joriy etilgan:
🔹 urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar;
🔹 urush faxriylari va ularga tenglashtirilgan shaxslar;
🔹 mehnatda mayib bo‘lish va kasb kasalligi tufayli I va II guruh nogironlar;
🔹 I va II guruh bolalikdan nogironlar.
Kompensasiya to‘lovi miqdori chakana savdodagi avtomobil benzini (chakana savdoda eng ko‘p tarqalgan) muayyan markasining 40 litri qiymatining 50 foizidan kelib chiqib Hukumat qarorlari bilan belgilanadi.