Bugun 26 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Benzin narxi oshadimi? Aniqlik kiritildi

A A A
Benzin narxi oshadimi? Aniqlik kiritildi

Toshkent shahar hokimligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan benzin narxi oshib, yoqilg‘i quyish shoxobchalari yopilishi haqidagi ma’lumotlarni rad etdi.

«Shahrimiz fuqarolarining avtomobil yoqilg‘isi narxlari va ta’minoti bo‘yicha hech qanday xavotiriga o‘rin yo‘q.

Yoqilg‘i ta’minoti omborlarida Toshkent shahri ehtiyojining uch oylik miqdori hajmida zaxiralar mavjud bo‘lib, benzin va dizel yoqilg‘isi narxlari oshirilmaydi.

Karantin muddati davomida avtomobil yoqilg‘i quyish shoxobchalarining uzluksiz ishlashi ta’minlanadi», — deyiladi xabarda.

Kiritildi: 09:00 23.03.2020. O'qildi: 3198 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik