Bugun 7 fevral, 2026 yil, shanba

КИР

Benzema o‘rniga Saloh kelishi mumkin

Benzema o‘rniga Saloh kelishi mumkin

Muhammad Saloh yaqinlashib kelayotgan yozda "Liverpul"ni tark etishi ehtimoli yuqori.

"Transfer News Live"ning xabar berishicha, Salohning navbatdagi manzili Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" jamoasi bo‘lishi mumkin.

OAV ancha vaqtdan beri Salohning Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishini bong urib kelmoqda. "Liverpul" esa amaldagi shartnoma tugashiga 1 yil qolganda, futbolchini sotib, moliyaviy foyda ko‘rishi mumkin.

Muhammad Saloh "Liverpul" safida jami 425 rasmiy o‘yin o‘tkazib, 251 ta gol urdi va 119 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali uning bozordagi qiymatini 30 mln yevroga baholamoqda. Muhammad iyun oyida 34 yoshni qarshi oladi.

Kiritildi: 23:56 06.02.2026. O'qildi: 127 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!