Bugun 3 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Benzema Alonsoning "Real"dagi holatiga izoh berdi

Benzema Alonsoning "Real"dagi holatiga izoh berdi

Madridning "Real" klubi sobiq hujumchisi Karim Benzema Xabi Alonsoning jamoadagi qiyinchiliklari haqida gapirdi.

Ispaniyalik murabbiy ketma-ket muvaffaqiyatsiz natijalardan so‘ng "qirollik klubi"dagi ishini yo‘qotish xavfi ostida.

"Alonso bu vaziyatda hech narsa qila olmaydi - uning tarkibi juda kuchli va u barcha eng yaxshi futbolchilarni maydonga tushirishi kerak. Bu qiyin. Har bir yulduzda ego bor. Doimiy aloqada bo‘lish va o‘yinchilarni ularning har biri foyda keltirishga qodir ekanligiga ishontirish kerak.

Muammo jamoada sendan ko‘proq ahamiyatga ega odam borligiga ko‘nika olmaganingda yuzaga keladi. Agar sizda yulduz futbolchilar ko‘p bo‘lsa, shunga o‘xshash holat ro‘y beradi," - deydi hozirda "Al-Ittihod" sharafini himoya qilayotgan Benzema L’Equipe nashriga bergan intervyusida.

Yakshanba kungi "Alaves"ga qarshi o‘yin "Real" uchun Xabi Alonso qo‘l ostidagi so‘nggisi bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 15:13 12.12.2025. O'qildi: 780 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!