Bugun 30 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Benzema «Al-Hilol»dagi kelajagi borasida qarorini aytdi

Benzema «Al-Hilol»dagi kelajagi borasida qarorini aytdi

«Al-Hilol» hujumchisi Karim Benzema joriy mavsumda Saudiya Arabistoni klubini tark etmasligini ma’lum qildi.

«Men «Al-Hilol»da qolaman», — deya fransuz futbolchisining so‘zlarini insayder Fabrisio Romano keltirdi. Shu tariqa, Benzema so‘nggi kunlarda uning kelajagi borasida tarqalgan mish-mishlarga nuqta qo‘ydi.

Benzema 2026 yil fevralida «Al-Ittihod»ni tark etib, «Al-Hilol» safiga qo‘shilgan edi.

Fransuz hujumchisi professional faoliyatini «Lion»da boshlagan. 2009 yilda u «Real»ga ko‘chib o‘tib, Madrid klubida 14 mavsum o‘tkazdi va 25 ta sovrinni qo‘lga kiritdi. Ular orasida Chempionlar ligasining beshta bosh sovrini ham bor.

2022 yilda Benzema «Oltin to‘p» sohibi bo‘ldi. U 2023 yil yozida «Real»dan ketib, Saudiya Arabistonining «Al-Ittihod» klubiga o‘tgandi.

Kiritildi: 09:48 21.08.2026. O'qildi: 712 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik